locale OZ

Edin Jeko qishki transferlar vaqtida «Fiorentina»ni tark etishi mumkin — Romano

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Edin Jeko qishki transferlar vaqtida «Fiorentina»ni tark etishi mumkin — Romano
FOTO: Getty Images

Bosniyalik hujumchi Edin Jeko yaqinlashib kelayotgan qishki transfer oynasida «Fiorentina»ni tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

A Seriyada so‘nggi o‘rinda borayotgan «Fiorentina» tarkibni yangilash rejasini allaqachon boshlagan. Jamoa so‘nggi olti uchrashuvda to‘rtta mag‘lubiyatga uchrab, ikki bor durang o‘ynagan.

Eslatib oʻtamiz, Jeko yozda «Fenerbahche»dan Florensiyaga ko‘chib kelgandi. 39 yoshli hujumchi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan bir yillik shartnoma imzolagan, unda 2027 yil 30 iyungacha avtomatik uzaytirish bandi ham mavjud — u ma’lum shartlar bajarilganda kuchga kiradi.

Maʼlumot uchun, Jeko joriy mavsumda «Fiorentina» safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, ikki bor gol urdi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 1,6 mln yevro etib baholangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting