locale OZ

Edin Jeko Bundesliga-2'da gol urgan eng keksa futbolchiga aylandi

Ushbu rekord 1979 yildan beri saqlanib kelinayotgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Edin Jeko Bundesliga-2'da gol urgan eng keksa futbolchiga aylandi
FOTO: Getty Images

Yakshanba, 25 yanvar kuni «Shalke» ikkinchi Bundesligada «Kayzerslautern» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

«Shalke» safida gol muallifi Edin Jeko bo‘ldi. Bu futbolchi uchun klubdagi debyut bahsi edi.

Uchrashuv vaqtida Jeko 39 yil, 10 oy va 8 kunlik edi. Shu tariqa u ikkinchi Bundesligada gol urgan eng keksa futbolchi sifatida tarixga kirdi.

Oldingi rekord egasi Helmut Xaller bo‘lib, u deyarli uch oy yoshroq edi. Ushbu rekord 1979 yil fevral oyidan beri saqlanib kelayotgandi.

Jeko «Shalke»ga erkin agent sifatida kelgan va joriy mavsum oxirigacha Gelsenkirxen jamoasida to‘p suradi. Ehtimol, bosniyalik futbolchi rekordni yana bir necha bor yangilashi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting