Edin Jeko Bosniya va Gersegovina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaydi
Bosniya va Gersegovina terma jamoasi sardori Edin Jeko milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi. 40 yoshli “Shalke” hujumchisi terma jamoa safidagi so‘nggi uchrashuvini 2-oktyabr kuni Shvetsiyaga qarshi o‘tkazishini ma’lum qildi.
Jeko ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bolaligidan milliy terma jamoa futbolkasini kiyishni orzu qilganini va bu sharafni doimo faxr bilan qabul qilganini ta’kidladi. Hujumchining aytishicha, endi terma jamoadagi o‘rnini yosh avlodga bo‘shatish vaqti kelgan.
Bosniya va Gersegovina sentyabr oxirida Millatlar ligasi doirasida Polsha va Ruminiyaga qarshi safar uchrashuvlarini o‘tkazadi. Shundan so‘ng Jeko 2-oktyabr kuni Shvetsiyaga qarshi uy bahsida terma jamoa bilan xayrlashadi.
Ma’lumot uchun, Jeko Bosniya va Gersegovina terma jamoasi safida 151 ta uchrashuv o‘tkazib, 73 ta gol va 31 ta golli uzatma qayd etgan. U milliy jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.