locale OZ

Ederson «MYU»ga oʻtish uchun barcha muzokaralarni toʻxtatdi

Hozirda tomonlar ushbu transferni tezroq yakunlanishini istashmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ederson «MYU»ga oʻtish uchun barcha muzokaralarni toʻxtatdi
FOTO: Getty Images

«Atalanta»ning braziliyalik yarimhimoyachisi Ederson ingliz klubi safiga oʻtish istagida oʻziga qiziqish bildirayotgan boshqa barcha jamoalar bilan muzokaralarni muzlatib qoʻydi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, klublar ayni damda faol muzokaralar olib borishmoqda. «Qizil iblislar» ushbu transferni tezroq yakunlashni rejalashtirgan.

Maʼlumot uchun, 26 yoshli markaziy yarim himoyachi 2022 yilning yozidan buyon «Atalanta» safida toʻp surib keladi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 41 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali braziliyalik futbolchining narxini 40 million yevroga baholagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting