locale OZ

Ederson «Atalanta»ni tark etishi mumkin

Transfermarkt portali 26 yoshli futbolchining transfer qiymatini 45 mln yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ederson «Atalanta»ni tark etishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Atalanta" yarim himoyachisi Ederson kelasi yili klubni tark etishga tayyor. Bu haqda Diario Sport nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "MYu", "Atletiko" jamoalari qiziqish bildirmoqda. Agar u A Seriyada qoladigan bo'lsa, "Yuventus" va "Inter" ham da'vogarlik qilmoqda.

Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2026/27-yilgi mavsum yakunlangandan keyin tugaydi, shuning uchun bergamoliklar u uchun 30 mln yevro so'ramoqda.

Joriy mavsumda Ederson "Atalanta"ning 12 o'yinida maydonga tushib, bitta gol va assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali 26 yoshli futbolchining transfer qiymatini 45 mln yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting