locale OZ

Eder Militao qachon maydonga qaytishi ma’lum bo‘ldi

Militao 21-aprel kuni “Alaves”ga qarshi uchrashuvda chap sonining orqa qismidan jiddiy jarohat olgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eder Militao qachon maydonga qaytishi ma’lum bo‘ldi
Foto: Getty Images

“Real Madrid” himoyachisi Eder Militaoning jarohatdan keyin qachon safga qaytishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Diario AS ma’lumotiga ko‘ra, 28 yoshli braziliyalik futbolchining sentyabr oxiri yoki oktyabr boshidagi xalqaro tanaffusdan keyin maydonga qaytishi kutilmoqda.

Militao 21-aprel kuni “Alaves”ga qarshi uchrashuvda chap sonining orqa qismidan jiddiy jarohat olgan edi. Keyinchalik unda mushak payining proksimal qismida uzilish aniqlangan va futbolchi 28-aprel kuni operatsiya qilingan. Shundan beri u tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.

Dastlab Militaoning to‘rt-besh oy maydonga tusha olmasligi taxmin qilingandi. Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, uning tiklanishi reja asosida ketmoqda va himoyachi sentyabr yoki oktyabr oyida yana jamoa ixtiyoriga qaytishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Militao so‘nggi yillarda bir necha og‘ir jarohatlarni boshdan kechirdi. U 2024-yildan buyon ikki marta tizza xochsimon bog‘lamidan jarohat olgan, shuningdek, son mushaklari bilan bog‘liq muammolar sabab ham uzoq muddat maydondan chetda qolgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting