locale OZ

Eden Azar nima uchun «PSJ» taklifini rad etganini aytdi

Parij grandi har yili belgiyalik yulduz bilan bogʻlanib, uni oʻz safiga chorlagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eden Azar nima uchun «PSJ» taklifini rad etganini aytdi
FOTO: Getty Images

«Lill», «Chelsi», «Real Madrid» hamda Belgiya terma jamoasining sobiq yulduzi Eden Azar o‘zining futbolchilik faoliyati davomida «Pari Sen-Jermen» klubiga o‘tishi mumkin bo‘lgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

The Touchline nashrining xabar berishicha, «PSJ» har yili Azar bilan bog‘lanib, uni o‘z safiga chorlagan. Biroq futbolchi Fransiya chempionatida «Lill»dan boshqa hech qaysi jamoada o‘ynamaslikka qaror qilganini ta’kidladi.

Azarning so‘zlariga ko‘ra, agar u Liga 1 ga qaytishni istaganida, buni faqat «Lill» safiga, masalan, faoliyatini yakunlash uchun amalga oshirgan bo‘lardi. Futbolchi klubga va shahar aholisiga bo‘lgan cheksiz hurmati sababli parijliklarning taklifini rad etib kelgan.

Eden Azar o‘zining boy futbolchilik faoliyati davomida klublar miqyosida jami 623 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 167 ta kiritilgan gol va 153 ta samarali uzatma mavjud.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting