locale OZ

Edegor reabilitatsiya jarayoni haqida gapirdi: «Har kuni maqsadimga yaqinlashayotgandekman»

«Arsenal» yarimhimoyachisi APLning 7-turida jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Edegor reabilitatsiya jarayoni haqida gapirdi: «Har kuni maqsadimga yaqinlashayotgandekman»
FOTO: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi va Norvegiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi, 26 yoshli Martin Edegor jarohatdan tiklanish jarayoni haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Bu hafta reabilitatsiyam ustida juda ko‘p ishladim — jarayon juda yaxshi ketmoqda. Har kuni final bosqichiga yaqinlashayotganimni his qilyapman, u yerda jarayon ancha qiziqarli bo‘ladi. Maydonda biroz ishladim, mashg‘ulot ham qildim, shuning uchun o‘zimni maqsad sari dadil borayotgandek his qilyapman.

Reabilitatsiyaning eng yaxshi qismi ham shu — jamoaga qaytish yaqinlashganida, maydonda ko‘proq ishlay olasiz va tiklanish jarayonida yanada agressiv bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ladi. O‘zimni tobora kuchliroq sezmoqdaman. Qaytishimni intiqlik bilan kutyapman, to‘g‘ri yo‘ldamiz, hammasi yaxshi ko‘rinmoqda», — deya Edegorning so‘zlarini keltiradi «Arsenal» rasmiy sayti.

Eslatib oʻtamiz, Edegor APLning 7-turida «Vest Hem»ga qarshi o‘yinda (2:0) chap tizzasining medial kollateral bog‘lamidan jarohat olgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting