locale OZ

Eddi Xau Gordonning «Barselona»ga oʻtishi haqida: «Bu uning uchun juda zoʻr imkoniyat»

Avvalroq Gordon kataloniyaliklar bilan 2031 yilga qadar moʻljallangan shartnoma imzolangani haqida xabar berilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eddi Xau Gordonning «Barselona»ga oʻtishi haqida: «Bu uning uchun juda zoʻr imkoniyat»
FOTO: Getty Images

«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau hujumchi Entoni Gordonning Kataloniyaning «Barselona» klubiga amalga oshgan transferi borasida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. OAV xabarlariga koʻra, ingliz klubi ushbu transferdan bonuslar bilan birga 80 million yevrogacha ishlab olishi mumkin.

«Entonining tarkibimizni tark etganidan xafsalamiz pir boʻlgan boʻlsa-da, bu uning faoliyatida juda katta imkoniyat ekanligini yaxshi tushunamiz. U soʻnggi yillardagi muvaffaqiyatlarimizning muhim qismi edi. Aynan «Nyukasl»da oʻynab yurgan kezlarida Angliya terma jamoasi aʼzosiga aylangani — uning klubdagi barcha insonlar koʻmagida oʻz ustida tinimsiz va qattiq mehnat qilganidan dalolat beradi.

U gʻalaba quchogʻida bizning eng ezgu tilaklarimiz bilan ketmoqda. Ishonamanki, u «Barselona»da ham, bu yilgi jahon chempionatida Angliya terma jamoasi safida ham ulkan muvaffaqiyatlarga erishadi», — deydi Xau klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Mavsum yakunlariga koʻra, Gordon «Nyukasl» safida barcha musobaqalarda 46 ta oʻyinda maydonga tushib, 17 ta gol va 5 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali vingerning narxini 60 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting