locale OZ

Eddi Xau Chempionlar Ligasi rekordini yangilashga juda yaqin turibdi

«Nyukasl» bosh murabbiyi oʻziga xos statistikani qayd etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eddi Xau Chempionlar Ligasi rekordini yangilashga juda yaqin turibdi
FOTO: Getty Images

Yevropa Chempionlar Ligasining pley-off bosqichida «Nyukasl»ning «Qorabog‘» ustidan qozongan yirik (6:1) g‘alabasi jamoa ustozi Eddi Xau uchun tarixiy natijaga aylandi.

Squawka nashri xabariga ko‘ra, ushbu muvaffaqiyat Xau uchun joriy mavsumdagi beshinchi g‘alaba bo‘ldi va u angliyalik murabbiylar orasida bir mavsumdagi g‘alabalar soni bo‘yicha milliy rekordni takrorladi.

Ayni damda Eddi Xau ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha yana ikki nafar afsonaviy mutaxassis bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Avvalroq faqat Bobbi Robson (2002/2003 yilgi mavsumda «Nyukasl» bilan) va Grem Potter (2022/2023 yilgi mavsumda «Chelsi» bilan) bir mavsum davomida YCHLda beshta g‘alabaga erishgan edi.

«Nyukasl» amalda keyingi bosqich masalasini hal qilib bo‘lganini hisobga olsak, Eddi Xauda mutloq yangi rekord o‘rnatish uchun kamida uchta imkoniyat mavjud bo‘ladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting