locale OZ

Ebola tufayli DR Kongo terma jamoasi JCh-2026 oldidan muxlislar bilan xayrlashuv tadbirini bekor qildi

Avvalroq JSST mamlakatda favqulodda holat eʼlon qilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ebola tufayli DR Kongo terma jamoasi JCh-2026 oldidan muxlislar bilan xayrlashuv tadbirini bekor qildi
FOTO: Getty Images

DR Kongo terma jamoasi rasmiy vakili Jerri Kalemo mamlakatda Ebola bezgagi tarqalgani sababli, jamoa 2026 yilgi Jahon chempionatiga joʻnab ketishdan oldin oʻtkazilishi kerak boʻlgan uch kunlik ichki yigʻin va muxlislar bilan xayrlashuv marosimini bekor qilganini maʼlum qildi.

«Tayyorgarlik uch bosqichdan iborat boʻlishi kerak edi: birinchisi — Kinshasada (DR Kongo poytaxti), u yerda biz muxlislar bilan xayrlashishimiz lozim edi; ikkinchisi — Belgiya va Ispaniyada, u yerda Daniya hamda Chili terma jamoalariga qarshi ikkita oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazdik; va uchinchi bosqich — 11 iyundan AQShning Hyuston shahrida boshlanadi. Biz faqat birinchi bosqichni — Kinshasadagi yigʻinni bekor qilishga majbur boʻldik», — deya Kalemoning soʻzlarini keltiradi ESPN.

Eslatib oʻtamiz, DR Kongo terma jamoasi sharafini Moskvaning «Spartak» klubi futbolchisi Teo Bongonda ham himoya qiladi (u yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi kutilmoqda).

Avvalroq, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) DR Kongo va Ugandada Ebola bezgagi tarqalishini xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan favqulodda vaziyat deb eʼlon qilgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting