Eberechi Eze yangi mavsumni APL grandlaridan birida boshlamoqchi
Photo: gettyimages
"Kristal Pelas" klubi hujumkor yarim himoyachisi Eberechi Eze yaqinlashib kelayotgan transferlar davrida jamoasini o‘zgartirmoqchi.
26 yoshli futbolchi allaqachon "burgutlar" rahbariyatiga o‘z istagini bildirgan, deb xabar beradi TBR Football. Angliyalik futbolchiga "Manchester Siti," "Tottenxem," "Aston Villa" va "Nyukasl" klublari qiziqish bildirmoqda, bungacha "Liverpul," "Manchester Yunayted" va "Arsenal" ham da’vogarlar qatorida edi.

Transfermarkt portali mutaxassislari Eberechi Ezening narxini 55 mln evroga baholamoqda. Joriy mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda "Kristal Pelas" safida 38 ta o‘yinda to‘qqizta gol va 11 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor