locale OZ

Easman: Di Gregorio - “Bornmut” futbolchisi

“Yuventus” darvozaboni APL klubiga ijaraga o‘tdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Easman: Di Gregorio - “Bornmut” futbolchisi
Foto: Getty Images

“Yuventus” darvozaboni Mikkеlе Di Gregorio faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettiradi. Italiyalik futbolchi yangi mavsumni “Bornmut” safida ijara asosida o‘tkazadi. Bu haqda ingliz klubi rasman ma’lum qildi.

29 yoshli darvozabon o‘tgan mavsumda “Yuventus” safida barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 36 ta gol o‘tkazib yuborgan. Di Gregorio 17 ta bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Darvozabonning Turin klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan. Endi u yangi mavsum davomida APLda “Bornmut” sharafini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, “Bornmut” APLning yangi mavsumidagi ilk uchrashuvida “Manchester Siti”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Jamoa navbatdagi turda “Everton”ga qarshi maydonga tushadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting