Dzyudochilarimiz Dushanbe “Katta dubulgʻa” turnirini kumush va bronza medallari bilan boshlashdi
FОТО: Olympic.uz
Bugun Tojikiston poytaxtida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri start oldi.
Yengil vazn toifalarida kechgan dastlabki kun bellashuvlarida Oʻzbekiston terma jamoasi 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻldi.
Kumush medalni -52 kg vazn toifasida bellashgan Muhayyo Ahtamova qoʻlga kiritdi. Hamyurtimiz finalda jamoaviy yoʻnalishda ikki karra Olimpiada chempioni, fransiyalik Amandin Busharga imkoniyatni boy berdi.
Bronza medalini esa -66 kg vazn toifasida kurashgan Artyom Shturbabin jamoamiz hisobiga keltirdi.
Kumush medal:
-52 kg: Muhayyo Ahtamova
Bronza medal:
-66 kg: Artyom Shturbabin
Ertaga oʻrta vazn toifalaridagi bellashuvlar tashkil etiladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist