locale OZ

Dzyudo. Zamohshari Bekmurodov Prague European Open g‘olibi, Qurbonboyevada bronza!

O'zbekiston jamoasi 1 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan 35 davlat orasida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Zamohshari Bekmurodov Prague European Open g‘olibi, Qurbonboyevada bronza!
photo: judouz

Chexiyaning Praga shahrida o‘tkazilayotgan Yevropa Ochiq kubogining birinchi kuni dzyudochilarimiz ikki bor shohsupaga ko‘tarilishdi.

Quvonarlisi, buxorolik yosh dzyudochimiz Zamohshari Bekmurodov Prague European Open 2025 chempioniga aylandi. Faoliyatida ilk bor -73 kg vazn toifasida kurashgan 20 yoshli polvonimiz tajribali raqiblarini yengib, nufuzli musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Bekmurodov final bellashuvida ukrainalik Said-Magomed Xalidovni bir daqiqada og‘ritish usuli bilan mag‘lubiyatga uchratdi.

Terma jamoamizga bugunning hisobidan ikkinchi medalni Irisxon Qurbonboyeva keltirdi. +78 kg vazndagi vakilamiz bronza medali uchun kechgan bahsda polshalik Kinga Volchakni ippon bahosi evaziga taslim etdi.

O‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha 1 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan 35 davlat orasida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting