Dzyudo. O'zbekiston yoshlari Osiyo chempionatiga jo‘nab ketdi
13-14 sentyabr kunlari Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
photo: judouz
Yoshlarimiz ham Osiyo chempionatiga jo‘nab ketishdi
13-14 sentyabr kunlari Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
Qit’a birinchiligida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi musobaqa manziliga jo‘nab ketdi. Dzyudochilarimiz to‘liq (18 nafar) tarkibda Osiyo chempionati medallari uchun tatamiga chiqishadi. Bizdan tashqari Indoneziya, Hindiston, Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston va Koreya Respublikasi terma jamoalari tarkibida ham 18 nafar (9 o‘g‘il bola, 9 qiz)dan dzyudochi bor.
Umuman olganda, yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida qit’amizning 20 davlatdan jami 198 nafar (106 o‘smir, 92 qiz) dzyudochi o‘z mahoratini namoyish etadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor