Dyökeresh yozda Saudiya klubining ulkan taklifini rad etgan
Futbolchi hozirda “to‘pchilar”da yiliga 8 million yevro sof daromad oladi.
ФОТО: Getty images
“Arsenal” hujumchisi Viktor Dyökeresh yozgi transfer oynasida Saudiya Arabistonining klubidan kelgan taklifni rad etgan. Bu haqida futbol agenti Jonatan Chalkias ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Yaqin Sharqning nomi oshkor qilinmagan klubi shved forvardi uchun yiliga 36 million yevroga teng maosh taklif qilgan. Bu esa uning "Arsenal"dagi hozirgi maoshidan taxminan besh baravar ko‘p.
Futbolchi hozirda “to‘pchilar”da yiliga 8 million yevro sof daromad oladi.
Chalkiasning aytishicha, "Sporting" shved hujumchisini "Manchester United"ga o‘tishiga rozi bo‘lgan, biroq keyinchalik kelishuv amalga oshmay qolgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist