locale OZ

DXX kubogining Respublika bosqichiga qur’a tashlandi

Bugun poytaxtimizda ishtirokchi jamoalar vakillari, tashkilotchilar hamda futbol mutasaddilari ishtirokida Respublika bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 DXX kubogining Respublika bosqichiga qur’a tashlandi
photo: UFA

Joriy yili oltinchi bor yurtimizning barcha tuman, shahar va viloyatlari kesimida yosh o‘g‘il-qizlar o‘rtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqasi o‘tkazilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol va mini-futbol, qizlar o‘rtasida esa mini-futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqalari uch bosqichda tashkil etilmoqda.

Bugun poytaxtimizda ishtirokchi jamoalar vakillari, tashkilotchilar hamda futbol mutasaddilari ishtirokida Respublika bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, jamoalar 17–22-avgust kunlari “Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida o‘zaro bahs olib borishadi. Musobaqaning final uchrashuvi esa 22-avgust kuni “JAR” stadionida o‘tkaziladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting