locale OZ

DXX kubogining 2026 - yilgi mavsumi boshlandi

Hozirda musobaqaning tuman va shahar saralash o‘yinlari davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
DXX kubogining 2026 - yilgi mavsumi boshlandi
Фото: ЎФА

Mamlakatimizda DXX kubogi doirasidagi hududiy bosqich musobaqalariga start berildi. Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida futbolni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda ularni yuqori darajaga olib chiqish maqsadida muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.

DXX kubogi uch bosqichda o‘tkaziladi: tuman (shahar) bosqichi, viloyat bosqichi hamda respublika final bosqichi.

Hozirda musobaqaning tuman va shahar saralash o‘yinlari davom etmoqda. Ushbu bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoalar viloyat bosqichiga yo‘llanma oladi. Viloyat bosqichida eng yaxshi natija ko‘rsatgan jamoalar esa respublika final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Respublika final bosqichi musobaqaning yakuniy va hal qiluvchi bosqichi bo‘lib, unda hududlardan saralangan eng kuchli jamoalar DXX kubogi g‘olibligi uchun kurash olib boradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting