locale OZ

“DXX kubogi” musobaqalarining Toshkent viloyati final bosqichi bo‘lib o‘tdi

Final bahslarida tuman va shaharlardan saralab olingan mahalla jamoalari ishtirok etib, g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“DXX kubogi” musobaqalarining Toshkent viloyati final bosqichi bo‘lib o‘tdi
photo: sport vazirligi

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi doirasidagi musobaqalarning viloyat final bosqichi bo'lib o'tdi.

Final bahslarida tuman va shaharlardan saralab olingan mahalla jamoalari ishtirok etib, g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.

Musobaqalar davomida yoshlar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, sport mahorati va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.

O‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasida:
1-o‘rin – Bo‘ka tumani, “Yangi hayot” MFY
2-o‘rin – Yangiyo‘l tumani, “Vatan” MFY
3-o‘rin – Oqqo‘rg‘on tumani, “Navbahor” MFY

Qizlar jamoalari o‘rtasida:
1-o‘rin – Yangiyo‘l tumani, 2-sektor
2-o‘rin – Chinoz tumani, 4-sektor
3-o‘rin – Yangiyo‘l shahri, “Fayzli” MFY

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Endi g'olib jamoalar musobaqalarning respublika bosqichida ishtirok etadilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting