locale OZ

Dushan Vlahovich «Yuventus» bilan kelisha olmasa, «Barselona»ga o‘tishga tayyor

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dushan Vlahovich «Yuventus» bilan kelisha olmasa, «Barselona»ga o‘tishga tayyor
FOTO: Getty Images

Serbiyalik hujumchi Dushan Vlahovich agar «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmasa, faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, forvard uchun ustuvor variant — Turin klubi bilan hamkorlikni davom ettirish. Biroq, agar tomonlar 2026 yilning yozida yakuniga yetadigan shartnomani yangilash borasida kelisha olishmasa, futbolchi kataloniyaliklar safiga erkin agent maqomida qo‘shilishni rejalashtirmoqda.

Hozirda hujumchi yangi bitim shartlarini muhokama qilish uchun «keksa sinyora» rahbariyati bilan uchrashuv tayinlashni so‘ragan.

Joriy mavsumda Vlahovich «Yuventus» safida barcha turnirlarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali 26 yoshli hujumchining bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting