Dunyoning eng yaxshi darvozabonlari reytingi e’lon qilindi
Donnarumma yetakchi, Kurtua 2-o‘rinda.
Фото: Getty Images
Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri jurnalistlari jahon futbolidagi eng yaxshi darvozabonlar reytingini tuzishdi.
Reytingning birinchi pog‘onasidan hozirda «Manchester Siti» sharafini himoya qilayotgan italiyalik darvozabon Janluiji Donnarumma joy oldi.
Ikkinchi o‘rin Madridning «Real» klubi posboni Tibo Kurtuaga nasib etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Ispaniya terma jamoasi va «Atletik» (Bilbao) darvozaboni Unai Simon yakunladi.
Reytingdagi kuchli o‘nlik quyidagicha:
- Janluiji Donnarumma («Manchester Siti»)
- Tibo Kurtua («Real»)
- Unai Simon («Atletik»)
- David Raya («Arsenal»)
- Mayk Menyan («Milan»)
- Mile Svilar («Roma»)
- Joan Garsiya («Barselona»)
- Yan Oblak («Atletiko»)
- Gregor Kobel («Borussiya» Dortmund)
- Manuel Noyer («Bavariya»)