locale OZ

Dunyoning eng ommabop futbol klublari reytingi e’lon qilindi — CIES

Unga koʻra, «Real» sayyoramizning eng mashhur klubi deb topildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dunyoning eng ommabop futbol klublari reytingi e’lon qilindi — CIES
FOTO: Getty Images

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilar soni bo‘yicha dunyoning eng mashhur futbol klublari reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Madridning «Real» klubi sayyoramizning eng ommabop jamoasi deb topildi. «Qaymoqranglilar»ning rasmiy sahifalarini ijtimoiy tarmoqlarda jami 487,6 million kishi kuzatib boradi. Ikkinchi o‘rinni Madridning azaliy raqibi «Barselona» (441,8 mln) band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Angliyaning «Manchester Yunayted» (238,6 mln) klubi yakunlab bergan.

Kuchli yigirmatalikdan Yevropa grandlari bilan bir qatorda boshqa qit’a vakillari ham joy olishgan. Ro‘yxatning qolgan qismi quyidagicha ko‘rinish oldi: PSJ (208,1 mln), «Manchester Siti» (187,8 mln), «Liverpul» (179,2 mln), «Yuventus» (178,3 mln), «Bavariya» (165,2 mln), «Chelsi» (156,5 mln), «Arsenal» (118,5 mln), «Tottenxem» (112,2 mln), «Atletiko Madrid» (91,4 mln), «Inter» (82,7 mln), «Milan» (81,0 mln), «Flamengo» (71,6 mln), «Al-Nasr» (66,0 mln), «Borussiya Dortmund» (64,6 mln), «Al-Ahli» (60,1 mln), «Galatasaroy» (54,6 mln) va «Roma» (43,4 mln).

E’tiborli jihati, tarkibida afsonaviy hujumchi Lionel Messi to‘p tepayotgan AQShning «Inter Mayami» klubi ushbu reytingning 21-pog‘onasidan joy oldi. Mazkur ko‘rsatkichlar zamonaviy futbolda klublarning nafaqat maydondagi natijalari, balki raqamli media makonida ham qanchalik ulkan nufuzga ega ekanligini yaqqol ko‘rsatib beradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting