Dunyoning eng kuchli futbol klublari reytingi e’lon qilindi: «Barselona» «Real»dan yuqori joy oldi
Opta Power tahliliy tizimiga ko‘ra, dunyodagi eng kuchli futbol klubi sifatida Parijning «PSJ» jamoasi e’tirof etildi. Fransiya chempioni 100 ball bilan reytingda yetakchilik qilmoqda.
Mavsum davomida birinchi o‘rinda borayotgan «Liverpul» so‘nggi natijalardan so‘ng ikkinchi o‘ringa tushdi — jamoa 99,27 ball to‘pladi. «Arsenal» esa 98,79 ball bilan kuchli uchlikni yakunlamoqda.
Qolgan top-5 jamoalar orasida «Manchester Siti» (97,98) va «Barselona» (96,89) joy olgan. Madridning «Real» klubi 95,41 ball bilan oltinchi o‘rinni egalladi.
Yana to‘rt jamoa kuchli o‘nlikka kirdi:
• «Bavariya» — 95,16
• «Chelsi» — 94,89
• «Aston Villa» — 94,79
• «Nyukasl» — 94,73
Opta Power Rankings — bu dunyo miqyosidagi maxsus reyting tizimi bo‘lib, u 10 mingdan ortiq erkaklar va 2 mingdan ziyod ayollar jamoalarini 0 dan 100 gacha bo‘lgan shkala asosida baholaydi. 0 — eng past, 100 esa eng yuqori ko‘rsatkichni anglatadi.