Dunyodagi eng qimmat futbolchilar reytingi e’lon qilindi
Reytingda Erling Holand va Lamin Yamal peshqadamlik qilmoqda.
Фото: Getty Images
Futbolchilarning transfer qiymatini baholashga ixtisoslashgan Transfermarkt portali 2026 yil 9 oktabr holatiga ko‘ra, dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingini e’lon qildi.
Reytingda «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand va «Barselona» vingeri Lamin Yamal peshqadamlik qilmoqda. Har ikki futbolchining bozor qiymati 220 million yevro etib baholangan. Uchinchi o‘rinni esa 200 million yevro bilan Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe egalladi.
Transfermarkt talqiniga ko‘ra, dunyoning eng qimmat 10 futbolchisi:
- Erling Holand («Manchester Siti») — 220 million yevro.
- Lamin Yamal («Barselona») — 220 million yevro.
- Kilian Mbappe («Real Madrid») — 200 million yevro.
- Maykl Olise («Bavariya») — 180 million yevro.
- Jude Bellingem («Real Madrid») — 160 million yevro.
- Pedri («Barselona») — 150 million yevro.
- Joau Nevesh («PSJ») — 140 million yevro.
- Xvicha Kvaratsxeliya («PSJ») — 140 million yevro.
- Vitinya («PSJ») — 140 million yevro.
- Vinisius Junior («Real Madrid») — 130 million yevro.
Shu tariqa, reytingning kuchli uchligidan Angliya, Ispaniya va Fransiya chempionatlarida to‘p tepib kelayotgan futbolchilar joy oldi. «PSJ» esa ro‘yxatda uch nafar futbolchisi bilan qayd etilgan.