locale OZ

Duglas Santos: «Neymarning safga qaytishi uchun duodamiz»

Braziliya himoyachisi Gaitiga qarshi oʻyindan oldin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Duglas Santos: «Neymarning safga qaytishi uchun duodamiz»
FOTO: Getty Images

Braziliya terma jamoasi himoyachisi Duglas Santos milliy jamoa hujumchisi Neymar hamda boʻlajak Jahon chempionati doirasidagi Gaitiga qarshi uchrashuv haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

«Neymarning 100 foiz tayyor boʻlishiga umid qilamiz va buning uchun duodamiz. Agar Neymar tayyor boʻlsa, bizga juda katta yordam beradi. U men va terma jamoaning barcha futbolchilari uchun kumir hisoblanadi. Biz uning ham milliy jamoada, ham klublarda qanday qilib tarix yaratganiga guvoh boʻlganmiz. Neymarning imkon qadar tezroq safga qaytishidan umidvormiz.

Gaiti terma jamoasi — birinchi oʻyinda oʻzining jismoniy kuchini namoyish eta olgan jamoa. Ular shotlandiyaliklarga qarshi juda yaxshi oʻyin koʻrsatishdi, shu sababli biz Marokash jamoasi bilan boʻlgan bahsdagiga qaraganda ancha yaxshiroq harakat qilishimiz lozim», — deya Santosning soʻzlaridan keltirmoqda ESPN.

Eslatib oʻtamiz, Neymar Braziliya terma jamoasining turnirdagi Marokashga qarshi kechgan ilk uchrashuvini (1:1) oʻtkazib yubordi va ayni paytda jarohatidan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.

Guruh bosqichi musobaqalari 11-iyundan 27-iyungacha davom etadi. Jamoalar oʻzaro bir davrali tizimda (har biri tadan uchrashuv) oʻyin oʻtkazishadi. Pley-off bosqichiga har bir guruhdan ikkitadan eng yaxshi terma jamoa, shuningdek, uchinchi oʻrinni egallagan eng yaxshi 8 ta jamoa yoʻl oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting