locale OZ

Duglas Maikon: «Braziliya terma jamoasiga Karlo Anchelottining olib kelinishi to‘g‘ri bo‘ldi, deb o‘ylayman»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Duglas Maikon: «Braziliya terma jamoasiga Karlo Anchelottining olib kelinishi to‘g‘ri bo‘ldi, deb o‘ylayman»
Фото: Ўзбекистон футзали

Bugun poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasi anjumanlar zalida O‘zbekiston Superkubogi-2025 uchrashuviga rasmiy mehmon sifatida taklif etilgan Jahon futboli afsonalari bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

— Braziliya terma jamoasiga xorijlik murabbiy olib kelindi, uni mamlakatingizda qanday qabul qilishdi? Anchelotti tajribali mutaxassis. Ammo ko‘proq klublarda ishlagan. Don Karlo qanchalik natija ko‘rsata oladi, deb o‘ylaysiz?

— O‘zbekistonga taklif uchun O‘FF rahbariga katta rahmat. O‘ylaymanki, Karlo Anchelottining olib kelinishi to‘g‘ri bo‘ldi. Chempion bo‘lmay qo‘yganimizga ham ko‘p yillar bo‘lib ketdi. Bizga aynan tajribali murabbiy kerak edi. Ishonamanki, biz Anchelotti bilan maqsadimizga yetamiz", - dedi Maikon.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting