Duglas Luiz “Yuventus”da qolishni tanladi
“Yuventus” yarim himoyachisi Duglas Luiz yozgi transfer oynasida klubini almashtirish niyatida emas. Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, braziliyalik futbolchi Angliya Premyer-ligasi va Fransiya Liga 1 klublaridan kelgan ikkita taklifni rad etgan.
28 yoshli yarim himoyachining maqsadi — “Yuventus”da qolib, asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashish. Mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida futbolchiga imkoniyat berilayotgani ham uning qaroriga ta’sir ko‘rsatgan.
Avvalroq Duglas Luizning kelajagi borasida turli xabarlar tarqalgan va unga boshqa klublar qiziqish bildirayotgani aytilgandi. Biroq futbolchining o‘zi hozircha Turinni tark etishni istamayapti.
Shu tariqa, Duglas Luiz yangi mavsumni “Yuventus” safida boshlash va jamoada o‘z o‘rnini qaytarib olishga harakat qilishni rejalashtirmoqda.