Duglas Luis “Manchester Yunayted”ga o‘tishni istamoqda
“Yuventus” yarim himoyachisi Duglas Luis faoliyatini yana Angliyada davom ettirish niyatida. Italiyaning Tuttosport nashri xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi aynan “Manchester Yunayted” safiga o‘tishni istamoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, u vakillariga ham ushbu transferni ustuvor maqsad sifatida ko‘rayotganini bildirgan.
“Yuventus” esa Duglas Luisning ehtimoliy ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Turin klubi ushbu transfer doirasida “Manchester Yunayted” hujumchisi Joshua Zirkzeni o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Shu bois tomonlar futbolchilar almashinuvi bo‘yicha muzokaralar olib borishi mumkin.
Qayd etilishicha, Duglas Luis va Joshua Zirkzening agentlik aloqalari ham ushbu transferni amalga oshirishda muhim omillardan biri bo‘lishi mumkin. Biroq hozircha klublar o‘rtasida rasmiy kelishuv mavjud emas va muzokaralar davom etmoqda.
Hozircha bu ma’lumotlar Italiya matbuoti tarqatgan xabarlarga asoslanmoqda. “Manchester Yunayted” ham, “Yuventus” ham ehtimoliy transfer yuzasidan rasmiy bayonot bergani yo‘q.