locale OZ

Dro Fernandes «PSJ» safidagi debyut goli haqida: «Men aynan shu maqsad yo‘lida bu yerga kelganman»

18 yoshli yarimhimoyachi yanvar oyi oxirida «Barselona»dan parijliklar safiga qoʻshilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dro Fernandes «PSJ» safidagi debyut goli haqida: «Men aynan shu maqsad yo‘lida bu yerga kelganman»
FOTO: Getty Images

Yanvar oyi oxirida «Barselona»dan «PSJ» safiga kelib qo‘shilgan 18 yoshli yarimhimoyachi Dro Fernandes parijliklar safidagi debyut goliga munosabat bildirdi. Yosh iqtidor sohibi Liga 1 doirasidagi «Nitsa»ga qarshi uchrashuvning (4:0) 81-daqiqasida jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi.

«Bu ajoyib tuyg‘u. Dastlabki golimni urganimdan juda baxtiyorman. Men har doim jamoaga yordam berish uchun bor kuchimni ishga solishga harakat qilaman va har qanday holatda ham tayyorman. Birinchi navbatda, jamoaning g‘alabasidan xursandman. Biz bu o‘yinning muhimligini bilardik va o‘ylashimcha, uchrashuv boshidan oxirigacha juda yaxshi harakat qildik. Jamoamga yordam bera olganimdan mamnunman, aynan shu maqsad yo‘lida bu yerga kelganman va shartnoma imzolaganman», — deya Fernandesning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, Fransiya chempionatining 26 ta turidan so‘ng «PSJ» 60 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting