locale OZ

Dro Fernandes: «Bu men va oilam uchun juda muhim qadam»

«Barselona» tarbiyalanuvchisi «PSJ»ga oʻtgani haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dro Fernandes: «Bu men va oilam uchun juda muhim qadam»
FOTO: Getty Images

«Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi Dro Fernandes Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubiga ko‘chib o‘tganidan keyingi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«PSJ»ga o‘tganimdan juda xursandman va faxrlanaman. Bu men va oilam uchun juda muhim qadam. Bu klub menga bolalikdan tanish, bu yerda ko‘plab afsonaviy futbolchilar to‘p surgan. Endi esa men ushbu futbolkada bor kuchimni berishga tayyorman», — deya Fernandesning so‘zlarini keltiradi Parij klubi matbuot xizmati.

18 yoshli ispaniyalik futbolchi «PSJ» bilan 2030 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. U parijliklar safida 27-raqam ostida harakat qiladi.

Fernandes «Barselona» akademiyasining barcha bosqichlaridan o‘tgan va 2025 yilda asosiy jamoagacha yetib kelgan. Joriy mavsumda u kataloniyaliklar safida besh uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting