locale OZ

Dries Mertens 38 yoshida faoliyatini yakunladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dries Mertens 38 yoshida faoliyatini yakunladi
Photo: Getty Images

Belgiya hujumchisi Dries Mertens faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

38 yoshli futbolchi so‘nggi uch mavsumni “Galatasaray”da o‘tkazib, har safar Turkiya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Mertens faoliyati davomida “Utrecht”, PSV va “Napoli”da ham o‘ynagan. U Italiya klubida 9 mavsum harakat qilib, ikki bor Italiya Kubogi va bir marta Superkubokni yutgan.

Mertens 148 ta gol bilan “Napoli” tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Shundan so‘ng u Turkiyaga yo‘l olgandi.

Ma’lumot uchun, u Belgiya terma jamoasi safida 109 o‘yinda 21 gol urgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting