locale OZ

Dragan Cheran: «Asosiy narsa, jamoamiz g‘alaba qozondi»

Jamoa sardori klub matbuot xizmatiga bahs borasida qisqacha intervyu berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dragan Cheran: «Asosiy narsa, jamoamiz g‘alaba qozondi»
Фото: Андижон ПФК

“Andijon”ning yangi transferlaridan biri, tajribali Dragan Cheran ilk turni boshqa jamoadoshlari kabi ajoyib o‘tkazdi va raqib darvozasini ishg‘ol ham qildi. Jamoa sardori klub matbuot xizmatiga bahs borasida qisqacha intervyu berdi.

- Dragan, g‘alaba bilan tabriklayman. Taassurotlar qanday?

- Rahmat. Juda qiyin o‘yin bo‘ldi. Garchi biz 4:0 hisobida yutgan bo‘lsak-da, o‘ziga yarasha og‘ir kechdi. Xudoga shukurki, mana shunday oson o‘tmagan bellashuvda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldik. Albatta, vaziyatlardan unumli foydalanib, bunday muxlislar oldida g‘alaba qozonishimiz kerak edi.

- Hisobning 4:0 bo‘lishini kutganmidingiz?

- Yo‘q, buni kutmagandik. Ammo o‘yinda shunday natija yuzaga keldi. Albatta, biz bunga harakat qildik. 4:0 — bu o‘ylaymanki, ajoyib natija.

- Sizda to‘purarlik salohiyati mavjud va ilk turdanoq gol urishni boshladingiz. Bu to‘purarlik kurashidagi dastlabki yurishingizni anglatmoqda...

- Hujumchilar o‘rtasida to‘purarlik uchun poyga boshlandi. Bu yog‘ini ko‘ramiz. Asosiy narsa, jamoamiz g‘alaba qozondi. Birinchi navbatda individual natija emas, balki jamoaning muvaffaqiyati muhim.

- “Bobur arena”dagi atmosferani ko‘rdingiz va qanday ta’riflaysiz?

- Atmosfera super, buni ta’riflashga so‘z yo‘q. Juda zo‘r, muxlislarga katta rahmat. Har o‘yinda jamoamizni mana shunday qo‘llab-quvvatlashlarini kutib qolamiz.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting