Dragan Cheran «Andijon» bilan shartnoma imzoladi
Yangi mavsum uchun seleksiya ishlarini davom ettirayotgan «Andijon» navbatdagi transferni amalga oshirdi.
Oʻzbekiston chempionatida toʻp surib eng yaxshi legionerlardan biri boʻlib kelgan toʻpurar hujumchi Dragan Cheran bilan shartnoma imzolandi. U ortda qolgan mavsumni “Nasaf” safida oʻtkazdi.
Maʼlumot uchun, Dragan 1987-yilning 6-oktyabr kuni Serbiyada tavallud topgan. Tajribali futbolchi faoliyati davomida “Smederevo 1924” (Serbiya), “Pojarevas” (Serbiya), “Vesterlo” (Belgiya), “Xapoel Xayfa” (Isroil), “Makkabi Netaniya” (Isroil), “Simurg” (Ozarbayjon), “Xadjer” (Saudiya Arabistoni), “Vardar” (Makedoniya), “Paxtakor” va “Nasaf” klublarida toʻp surgan.
Cheranning yurtimizdagi faoliyati 2016-yildan boshlangan. U 2019-yildan 2024-yilgacha ketma-ket 6-marta Oʻzbekiston chempionati toʻpurariga aylangan. Bu borada Cheran Oʻzbekiston chempionatida mutlaq rekordchi sanaladi.
Dragan faoliyati mobaynida shu paytgacha 538 ta oʻyinda maydonga tushib 239 ta gol urgan va 57 ta golli uzatmani bajargan.
Jumladan, Superligada 226 oʻyinda raqiblar darvozasiga 147 ta toʻp kiritgan.
Shuningdek, Cheran 5 karra Oʻzbekiston chempioni, 3 karra Superkubok gʻolibi va 2-marta Kubok sohibiga aylangan.