locale OZ

Dovbikning «Roma»dagi kelajagi maʼlum boʻldi

Ukrainalik hujumchining rimliklar bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilda yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dovbikning «Roma»dagi kelajagi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

Ukrainalik hujumchi Artyom Dovbik qishki transfer oynasidayoq «Roma»ni tark etishga tayyor. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, rimliklar yanvar oyida ukrainalik forvard bilan xayrlashish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

Xabarlarga qaraganda, Dovbik Italiya A Seriyasining ikki noma’lum klubiga taklif qilingan.

28 yoshli futbolchi bosh murabbiy Jan Pyero Gasperini qo‘l ostida yetarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani yo‘q. Shunga qaramay, Dovbikning «Roma» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali uning bozor qiymatini taxminan 20 million yevro deb baholamoqda. Joriy mavsumda Artyom Dovbik barcha musobaqalarda 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting