locale OZ

Dovbik operatsiya qilinadi va taxminan ikki oy maydonga tusha olmaydi

«Roma» hujumchisi «Lechche»ga qarshi oʻyinda jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dovbik operatsiya qilinadi va taxminan ikki oy maydonga tusha olmaydi
FOTO: Getty Images

«Roma» hujumchisi Artyom Dovbik operatsiya qilinishini ma’lum qildi. Bu haqda futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda o‘z fikrini bildirdi.

«Jarohatlar futbolning ajralmas qismi. To‘liq tiklanishga e’tibor qaratganman va yanada kuchliroq boʻlib qaytish niyatidaman. Qo‘llab-quvvatlaganlarning har biriga rahmat, bu juda katta ahamiyatga ega. Tez orada ko‘rishguncha», — deya yozdi Dovbik.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 28 yoshli forvard son mushagining uzilishi sabab kamida ikki oy maydondan chetda qoladi.

Futbolchi bu jarohatni 6 yanvar kuni «Leche»ga qarshi (2:0) o‘yinda olgan bo‘lib, shu o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Joriy mavsumda Artyom Dovbik 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urgan va ikki golli uzatma amalga oshirgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting