locale OZ

Dovbik “Napoli”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

Ukrainalik futbolchida son mushaklari bilan bog‘liq muammo aniqlangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dovbik “Napoli”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
Foto: Getty Images

“Bolonya” hujumchisi Artyom Dovbik jarohat sabab “Napoli”ga qarshi Italiya chempionati uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin. Ukrainalik futbolchida son mushaklari bilan bog‘liq muammo aniqlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jarohat jiddiy emas. Biroq Dovbik o‘tgan mavsumdagi jarohat va jarrohlik amaliyotidan keyin hali optimal jismoniy holatga kelmagan. Shu sabab murabbiylar shtabi futbolchining sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymaslik uchun unga dam berishi mumkin.

29 yoshli hujumchi joriy mavsum A Seriyada uchta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Dovbik yozda “Roma”dan “Bolonya”ga ijara asosida o‘tgan. Kelishuvda taxminan 17 million yevroga sotib olish huquqi ham mavjud.

Ma’lumot uchun, “Napoli” — “Bolonya” uchrashuvi 13-sentabr kuni Neapoldagi “Diego Armando Maradona” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting