Dovbik \"Milan\"ga o'tishi mumkin
Photo: Getty Images
“Roma” hujumchisi Artyom Dovbik "Milan"ga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar berdi.
Manbaga ko'ra, ukrainalik futbolchining xizmatlari milanliklarga vositachilar orqali taklif etilgan.
Agar yaxshi taklif tushsa, “Roma” Artyom bilan xayrlashishga tayyor.
Hujumchi taxminan 40 million yevroga baholanmoqda.
Qayd etish joiz, Dovbik o'tgan mavsum A Seriyada 32 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist