locale OZ

Dovbik kelajagi borasida bir qarorga keldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dovbik kelajagi borasida bir qarorga keldi
Фото: Getty Images

“Roma” hujumchisi Artyom Dovbik transfer oynasi yakuniga qadar jamoasini o‘zgartirmoqchi.

Jurnalist Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, hujumchi faoliyatini Italiyadagi boshqa bir klub — "Milan"da davom ettirishga tayyor ekanini bildirgan.

“Rossonerilar” ham ukrainalik hujumchini ijaraga olish taklifini bergan. Dovbik ham bunga rozilik bildirgan.

Futbolchining transfer narxi 30 million yevroga baholanmoqda.

O‘tgan mavsumda Artyom 45 ta o‘yinda ishtirok etdi. Hujumchi o‘z hisobiga 17 ta gol va to‘rtta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Yangi mavsumda Dovbik ikkita o‘yinda maydonga tushdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting