Dovbik Ispaniya chempionatiga qaytishi mumkin
U “Roma” safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
ФОТО: Getty images
“Roma” hujumchisi Artyom Dovbik qishki transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
AS nashrining xabar berishicha, Ispaniyaning “Betis” klubi unga jiddiy qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. Andalusiyaliklar murabbiylar shtabi va klub rahbariyati Dovbikni jamoa o‘yin uslubiga juda mos deb hisoblamoqda.
“Roma” ukrainalik futbolchini 30 million yevrodan kam bahoda qo‘yib yuborishni istamaydi. Shuningdek, tomonlar o‘rtasida transfer bo‘yicha bir nechta turli formatlarni ko‘rib chiqish ehtimoli ham qayd etilmoqda.
Ma’lumot uchun, ushbu mavsumda Artyom Dovbik “Roma” safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli pas muallifi bo‘lgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist