Douglas Luis «Nottingem Forest» bilan shartnoma imzoladi
Фото: Ноттингем Форест
“Nottingem Forest” Douglas Luis bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
Futbolchi “Yuventus”dan yana APLga qaytdi.
Angliya klubi 27 yoshli yarimhimoyachini sotib olish majburiyati bilan ijaraga oldi. Bu ijara kelishuvi orqali “zebralar” 3 mln yevro ishlab oldi. To‘liq transfer uchun esa “o‘rmonchilar” 4 yil davomida 25 million yevroni bo‘lib to‘lashadi. Bonuslar hisobiga bu qiymat 28,5 million yevroga yetishi mumkin.
Braziliyalik futbolchi “Yuventus” safiga o‘tgan yili 50 million yevro evaziga “Aston Villa”dan o‘tgandi. U A Seriyada 19 o‘yinda ishtirok etib, gol urolmadi va 2 bor sariq kartochka oldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist