Doston Abdulhayev: «Yaypan» jamoasiga qarshi o‘yinga tayyormiz»
Futbolchi klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.
Фото: Металлург ПФК
PRO-Liga yangi mavsumi startiga sanoqli kunlar qoldi. Raqiblar aniq va jamoalar bevosita bo‘lajak o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Mashg‘ulot davomida jamoamiz himoyachisi Doston Abdulhayevning fikrlariga qiziqdik.
"Assalomu alaykum, xudo xohlasa mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Yaxshi niyatda "Metallurg" jamoasiga kelganmiz. Bu yil maqsad aniq — chempionlik, jamoani Superligaga olib chiqish.
Xudo xohlasa, 1-turimiz 5-aprel kuni "Yaypan" jamoasiga qarshi ekan. Bu o‘yin yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Xudo xohlasa bahsga to‘liq tayyormiz".
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist