locale OZ

Doston Abdulhayev: Avvalgi oʻyinlarda omadsizlikka uchrab, muxlislarni ranjitib qoʻydik

Navbahor futbolchisi Qizilqum bilan o'yindan oldin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Doston Abdulhayev: Avvalgi oʻyinlarda omadsizlikka uchrab, muxlislarni ranjitib qoʻydik
photo: Navbahor FK

Oʻzbekiston Superligasining 23-turidan oʻrin olgan “Navbahor” – “Qizilqum” jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 24 yoshli mahoratli himoyachisi Doston Abdulhayev boʻlajak bellashuv haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.


- Bu safargi raqibimiz “Qizilqum” “chaqilmas yongʻoq”. Shu bois, boʻlajak bahsning keskin hamda murosasiz kurashlar ostida, tomoshabop kechishi ehtimoli yuqori. Bundan tashqari, mazkur oʻyinda yangi bosh murabbiy Sherzod Hamidovich Joʻrayev qoʻl ostida maydonga tushamiz va uning debyut uchrashuvida ijobiy natijani qayd etish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Shuningdek, avvalgi oʻyinlarda omadsizlikka uchrab, muxlislarni ranjitib qoʻydik. Shu bois, “Qizilqum” bilan boʻladigan bahsda gʻalaba qozonib, ishqibozlarga quvonch ulashish niyatidamiz.

Ishqibozlardan esa jamoamizni shunday qiyin kunlarda yolgʻizlatib qoʻymasliklari, stadionda munosib tarzda qoʻllab-quvvatlab turishlarini soʻrayman. Biz esa qoʻldan kelganicha ularning ishonchlarini oqlashga harakat qilamiz, - dedi Doston Abdulhayev.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting