\"Do‘stlik Toshkent\" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari — O‘zbekiston chempioni!
Toshkent shahrida professional sport maktablari ligasi doirasida 2009-yilda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Quvonarlisi, ushbu nufuzli turnirda Toshkent shahar terma jamoasi safida "Do‘stlik Toshkent" futbol akademiyamiz a’zolari asosiy tarkibda to‘p surib, chempionlik unvonini qo‘lga kiritishdi. Murosasiz kechgan final bahsida Toshkent viloyati jamoasi 3:2 hisobida mag‘lub etildi.
Turnir yakunlariga ko‘ra, akademiyamiz tarbiyalanuvchisi Mirahmatov Mirodil chempionatning "Eng yaxshi to‘purari" deb topildi va maxsus mukofot bilan taqdirlandi
Terma jamoaga ushbu musobaqada jamoamiz bosh murabbiyi Samug‘ Dadayev boshchilik qildi. Murabbiyimiz boshqaruvidagi jamoa turnir davomida yuqori professionalizm va taktik ustunlik namoyish etdi.
Klubimiz rahbariyati, murabbiylar shtabi va barcha xodimlari nomidan bosh murabbiyimiz Samug‘ Dadayevni, turnir to‘purari Mirahmatov Mirodilni va chempionlikka erishgan barcha futbolchilarimizni ushbu yuksak g‘alaba bilan muborakbod etamiz!