Doping mojarosidan keyin Mudrik nihoyat “Chelsi” safida maydonga qaytdi!
Ukrainalik futbolchi Mixail Mudrik qariyb ikki yillik tanaffusdan so‘ng yana “Chelsi” libosida o‘yin o‘tkazdi.
Mudrik Gonkongda “Yuventus”ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvining 82-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Bu uning 2024-yildagi doping mojarosidan keyingi ilk uchrashuvi bo‘ldi. “Chelsi” esa bahsda 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda Mudrikning doping namunasida taqiqlangan meldoniy moddasi aniqlangach, futbolchi vaqtincha futboldan chetlatilgandi.
2026-yil 30-iyul kuni Angliya futbol assotsiatsiyasi va Butunjahon antidoping agentligi ishtirokida ish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mudrik qoidabuzarlikni tan oldi, ammo uning diskvalifikatsiya muddati o‘talgan davr bilan cheklanib, futbolchiga yana maydonga qaytishga ruxsat berildi.
Shu tariqa, uzoq davom etgan noaniqlikdan so‘ng Mudrik faoliyatini qayta boshladi. Endi asosiy savol: u “Chelsi”dagi avvalgi o‘rnini qaytara oladimi?