locale OZ

Donnarummaning agenti: «Agar kelajakda A Seriyaga qaytish imkoniyati paydo boʻlsa, biz undan foydalanamiz»

26 yoshli kiper hozirda «Man Siti» sharafini himoya qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Donnarummaning agenti: «Agar kelajakda A Seriyaga qaytish imkoniyati paydo boʻlsa, biz undan foydalanamiz»
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» darvozaboni Janluiji Donnarummaning agenti Enso Rayola 26 yoshli futbolchi kelajakda imkoniyat tug‘ilsa, A Seriyaga qaytish variantini istisno qilmasligini ma’lum qildi.

«Bugungi kunda u “Manchester Siti”da o‘zini xotirjam his qilmoqda, unga bu loyiha juda yoqadi. U asta-sekin Angliya ligasini tushunib bormoqda.

Yaqinda u hazil tariqasida menga APLda besh yoki olti yil to‘p tepishini, bu haqiqiy sarguzasht bo‘lishini aytdi, ammo bu faqat hazil edi… Agar kelajakda Italiyaga qaytish imkoniyati paydo bo‘lsa, biz undan foydalanamiz», — deya Rayolaning so‘zlarini keltiradi Calciomercato.

Donnarumma «Manchester Siti» safiga o‘tgan yozda kelib qo‘shilgandi. Italiyalik darvozabonning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting