Donnarumma \"PSJ\" bilan muzokaralar olib borilayotganini tasdiqladi
Tomonlar muzokaralarni boshlab yuborgan.
Photo: Getty Images
“PSJ” darvozaboni Janluiji Donnarumma klub rahbariyati bilan yangi shartnoma yuzasidan olib borilayotgan muzokaralar haqida o‘z fikrini bildirdi.
"Biz oldinga siljiyapmiz. Agent muzokaralarni olib bormoqda. Men esa hozir diqqatimni o‘yinlarga qaratganman. Har doim jamoa va muxlislar uchun 100 foizimni beraman. Bu klub menga hamma narsani bergan," — deydi italiyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi RMC Sport.
Eslatib o‘tamiz, Donnarumma xizmatiga “Manchester Yunayted”, “Milan” va “Chelsi” klublari ham qiziqish bildirayotgan edi. Biroq u jamoada qolishni istamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist