locale OZ

Donnarumma o'yinni yondirmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Donnarumma o'yinni yondirmoqda
Photo: gettyimages

Ayni daqiqalarda UEFA chempionlar ligasi yarim final dasltlabki o'yinlar doirasidagi “Arsenal” va “PSJ” jamoalari o'rtasidagi qiziqarli uchrashuvning ikkinchi bo'limi davom etmoqda.

London hamda Parij klublari zo'r o'yin namoyish etib, bejizga yarim finalgacha yetib kelmaganini ishbotlamoqda. Ayniqsa, “PSJ”ning italiyalik darvozaboni Janluijji Donnarumma vatandoshi Janluijji Buffonni eslatib yubormoqda.

Donnarumma o'yin davomida bir necha marta juda murakkab bo'lgan to'plarni qaytarishga erisha oldi. Bir so'z bilan aytganda, birin-ketin seyflarni amalga oshiryapgan Janluijji Donnarumma o'yinni yondirmoqda.

Agar bugun “PSJ” g'alaba qozona olsa, katta ehtimol bilan Donnarumma uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting