Donnarumma: «Maqsadim – «Manchester City» bilan CHLda g‘alaba qozonish»
Italiyalik kiper "shaharliklar"dagi maqsadini aytib o‘tdi.
ФОТО: Getty images
"Manchester City" darvozaboni Janluiji Donnarumma yangi jamoasi bilan qanday maqsadlarni oldiga qo‘yganini aytib o‘tdi.
"Maqsadimiz – finalga chiqish. Buni orzu qilayotganimni yashirmayman. "Manchester City" bilan Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish – bu orzu, ammo biz matonatli bo‘lishimiz, mehnat qilishimiz va har bir o‘yinda o‘zimizni ko‘rsatishimiz kerak," – deya Donnarummaning intervyusidan iqtibos keltiradi Italiya OAV.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyining oxirida “shaharliklar” 26 yoshli italiyalik kiperga o‘z safidan joy berdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist