locale OZ

Donnarumma «Manchester City» qancha maosh olishi ma'lum

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Donnarumma «Manchester City» qancha maosh olishi ma'lum
Photo: Getty Images

“PSJ” darvozaboni Janluiji Donnarumma “Manchester City” bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi. Bu haqda La Stampa nashri xabar qilmoqda.

Manbaga ko‘ra, Donnarumma “shaharliklar”ga o‘tsa, yiliga 12 million yevro maosh oladi. Biroq qo‘shimcha bonuslar ham hisobga olinsa, bu miqdor yanada oshishi mumkin.

Avvalroq Parij klubi 26 yoshli darvozabon uchun dastlab 50 million yevro so‘ragan edi. Ammo “PSJ” yaqin kunlar ichida bu qiymatni 35 million yevroga tushirishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Donnarummaning “PSJ” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting